Centrum Air aviakompaniyasi va Centrum Holidays turoperatori dunyoning eng yirik turizm yarmarkalaridan biri – ITB Berlin 2025 da ishtirok etmoqda!

ITB Berlin 1966-yildan buyon har yili turistik tashkilotlar, turoperatorlar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar va kruiz kompaniyalari, jurnalistlar hamda texnologiya yetkazib beruvchilar uchrashadigan global sayyohlik va turizm sanoati uchun yetakchi platforma bo‘lib kelmoqda. ITB Berlin 2025 – bu 190 mamlakatdan 100 000 dan ortiq tashrif buyuruvchi va 5600 dan ortiq ishtirokchi!

"Kompaniyamizning strategik maqsadlari – parvozlarimiz geografiyasini kengaytirish hamda O‘zbekistonni Sharq va G‘arbni bog‘lovchi xabga aylantirishdir", — deya qayd etdi Centrum Holding boshqaruv kengashi raisi janob Abdulaziz Abdurahmanov. 

Xoldingimiz turizm sohasi yetakchilari qatorida O‘zbekiston Respublikasini taqdim etish va bozor tendensiyalari bilan tanishishdan mamnun!

Русский перевод в комментариях 👇
7K