Centrum Air aviakompaniyasi — o‘zbek tilining bepul milliy raqamli portali hisoblangan til.uz loyihasining rasmiy tashuvchisi.

Loyiha taqdimoti 14-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Til.uz lug‘atlar, o‘zbek folklori materiallari va O‘zbekiston shevalari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan. Barcha manbalar bepul bo‘lib, asosiy materiallardan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi; portal maktab o‘quvchilari, talabalar, o‘qituvchilar va jurnalistlar uchun mo‘ljallangan.

Centrum Air mahalliy shevalar va jonli nutqni to‘plash, o‘rganish hamda saqlab qolish maqsadida shevashunoslarning O‘zbekiston hududlariga safarlarini tashkil etadi. Tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga baholi qudrat hissa qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz!

Loyihani Gross sug‘urta kompaniyasi va O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi ko‘magida HAYOT Foundation CSR-platformasi amalga oshirmoqda.

#️⃣

Авиакомпания Centrum Air — официальный перевозчик til.uz, бесплатного национального цифрового портала узбекского языка.

Презентация проекта прошла 14 октября в Ташкенте. Til.uz объединяет словари, материалы узбекского фольклора и информацию о диалектах Узбекистана. Все ресурсы бесплатны, для доступа к основным материалам регистрация не требуется; портал предназначен для школьников, студентов, преподавателей и журналистов.

Centrum Air организует поездки диалектологов в регионы Узбекистана, где они собирают, изучают и сохраняют местные диалекты и живую речь. Мы гордимся тем, что вносим посильный вклад в сохранение и развитие нашего языка!

Проект реализует CSR-платформа HAYOT Foundation при поддержке страховой компании Gross и Национальной медиа ассоциации Узбекистана.
❤ 10🔥 5❔ 5🎉 2
3.6K (0.6%)

По теме