Hurmatli yo‘lovchilar!

«Kovyor» signali e’lon qilinishi va HH710 reysi uchishidan oldin Domodedovo (DME) aeroportining vaqtincha yopilishi munosabati bilan Qanot Sharq aviakompaniyasining quyidagi reyslari bajarilish vaqti o‘zgartirildi:

2026-yil 20-sentabr:

HH709 Buxoro (BHK) — Moskva (DME)
Uchish vaqti: 17:40
Yetib kelish vaqti: 19:50

HH716 Moskva (DME) — Toshkent (TAS)
Uchish vaqti: 21:00
Yetib kelish vaqti: keyingi kuni 02:30

Parvozlar va yo‘lovchilarimiz xavfsizligi Qanot Sharq aviakompaniyasining mutlaq ustuvor vazifasidir. Barcha qarorlar amaldagi aviatsiya cheklovlari va xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda qabul qilinadi.

Keyingi reyslar jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.

Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olishlarini va reyslar holati haqidagi dolzarb ma’lumotlarni kuzatib borishlarini so‘raymiz.

Tushunganingiz uchun tashakkur.
2K