Hurmatli yo‘lovchilar‼️

Domodedovo (DME) aeroportida «KOVYOR» signali e’lon qilinishi va HH712 reysi parvozi oldidan aeroportning vaqtincha yopilishi munosabati bilan Qanot Sharq aviakompaniyasining qator reyslarini bajarish vaqtlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

30-oktabr
HH741 Samarqand — Sankt-Peterburg: 16:00–18:40
HH750 Sankt-Peterburg — Farg‘ona: 20:00–02:50 (+1)

31-oktabr
HH749 Farg‘ona — Sankt-Peterburg: 04:10–07:30
HH742 Sankt-Peterburg — Samarqand: 08:50–15:40
HH741 Samarqand — Sankt-Peterburg: 17:00–20:10
HH748 Sankt-Peterburg — Toshkent: 21:30–04:20 (+1)

1-noyabr
HH715 Toshkent — Moskva: 05:40–08:10
HH710 Moskva — Buxoro: 09:30–15:20
HH709 Buxoro — Moskva: 16:40–18:50
HH716 Moskva — Toshkent: 20:10–02:00 (+1)

Vaqt mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Keyingi reyslar jadvalga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Parvozlar va yo‘lovchilarimiz xavfsizligi Qanot Sharq aviakompaniyasining so‘zsiz ustuvor vazifasidir. Barcha qarorlar amaldagi aviatsiya cheklovlari va xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda qabul qilinadi.

Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olishlarini va reyslar holati haqidagi dolzarb ma’lumotlarni kuzatib borishlarini so‘raymiz.
❤ 1
795 (0.1%)