2026-yil 6-aprel kuni Qanot Sharq Airlines kompaniyasi Jonathan Henick, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, shuningdek iqtisodiy va tijorat masalalari bo‘limi rahbari janob Daniel Rakove bilan Swissôtel Tashkent mehmonxonasida ishchi tushlik formatida uchrashuv o‘tkazish sharafiga muyassar bo‘ldi.

Qanot Sharq Airlines tomonidan uchrashuvda quyidagilar ishtirok etdi: janob Nosir Abdugaffarov (egasi), janob Amal Yunusov (PR Manager), janob Jahongir Rustamov (Chief Safety Inspector), janob Aleksey Perkov (Commercial Director) hamda janob Timur Perkov (Business Development Executive).

Uchrashuv konstruktiv va kelajakka yo‘naltirilgan ruhda o‘tdi, unda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida aviatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Toshkentdan AQShga parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tayyorgarlik jarayonida bildirilgan tavsiyalar va ekspert fikrlarini yuqori baholaymiz.

Qanot Sharq Airlines xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va global yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishni davom ettirmoqda. Kelajakda AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning yo‘lga qo‘yilishi kompaniya rivojida muhim bosqich bo‘lib, uni Markaziy Osiyodan Shimoliy Amerikaga qatnovlarni ta’minlovchi kam sonli aviakompaniyalar qatoriga olib chiqadi, shuningdek yo‘lovchilarga yanada qulay, moslashuvchan va ommabop sayohat imkoniyatlarini taqdim etadi.

Janob Elchi va Elchixona jamoasiga e’tibor va qo‘llab-quvvatlovlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusida ham samarali muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga umid qilamiz.
7👍 2
1.1K (0.8%)