Centrum Air rasmiy izohi
C6089 Toshkent — Urganch reysi, 2026-yil 19-may
2026-yil 19-may kuni C6089 Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirish vaqtida Centrum Air aviakompaniyasi havo kemasini almashtirishga majbur bo‘ldi.
Ushbu reysga dastlab tayinlangan Airbus A330 samolyotiga chaqmoq urilishi natijasida havo kemasi texnik xizmat ko‘rsatishga yuborildi, bu esa aviakompaniyaning keyingi bir qator reyslari kechikishiga sabab bo‘ldi.
C6089 reysini jadval bo‘yicha amalga oshirish maqsadida bortni sig‘imi kichikroq bo‘lgan havo kemasiga (Airbus A320) almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Natijada 40 nafar yo‘lovchi ushbu reys bilan ucha olmadi.
Yo‘lovchilarga darhol tanlov imkoniyati: chipta narxini to‘liq qaytarish yoki eng yaqin bo‘sh reysga (jumladan, boshqa tashuvchilarning reyslariga) qayta band qilish taklif etildi. Kutish vaqti uzoq davom etgan yo‘lovchilar aviakompaniya hisobidan mehmonxonaga joylashtirildi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun kompensatsiya sifatida yo‘lovchilarga quyidagilar taqdim etiladi:
• Centrum Air’ning ichki yo‘nalishlari bo‘yicha navbatdagi parvoz uchun 50 foizli chegirma promokodi;
• Navbatdagi reys uchun 1 ta bepul bagaj joyi;
• qo‘shimcha qulaylikka ega o‘rindiq.
Aviakompaniya yo‘lovchilarga yetkazilgan noqulayliklar uchun chin dildan uzr so‘raydi.

❤ 114 4
2.4K (0.6%)