Hurmatli yo‘lovchilar,

Texnik sabablarga ko‘ra quyidagi reyslar bekor qilinganini ma’lum qilamiz:

✈️ HH415 Toshkent — Milan
2026-yil 6-iyun

✈️ HH416 Milan — Urganch
2026-yil 6-iyun

✈️ HH416 Urganch — Toshkent
2026-yil 7-iyun

Bekor qilingan reyslarning barcha yo‘lovchilari uchun Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent — Rim va Rim — Toshkent yo‘nalishlaridagi reyslarida muqobil tashuv tashkil etiladi. Shuningdek, Rim — Milan va Milan — Rim yo‘nalishlarida qulay avtobuslarda transfer xizmati taqdim etiladi.

Yakuniy manzili Urganch bo‘lgan yo‘lovchilar uchun Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha keyingi tashuv tashkil etiladi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun chin dildan uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yo‘lovchilar xavfsizligi bizning eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
2
1K (0.2%)

По теме